Yangiliklar

Image

Yosh saylovchilarning qanday huquqlari bor?

Andijon mashinasozlik instituti Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakultetida “Saylov va yoshlar” loyihasi doirasida “Yosh saylovchilarning huquqlari” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda mamlakatimizda demokratik islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgani, saylov jarayonlarini tartibga soluvchi normalarga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgani siyosiy partiyalar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitining shakllanishiga zamin yaratayotganini ta’kidlandi.

Tadbirda mamlakatimizda joriy yilning 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovini yuqori saviyada o‘tkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, jarayonda har bir siyosiy partiyaning o‘rni va o‘z oldiga qo‘ygan muhim vazifalari, ular tomonidan taqdim etilayotgan saylovoldi dasturlar, shuningdek, yoshlarning saylovda ishtirok etish huquqlari  to‘g‘risida keng ma’lumot berildi.

Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilarining ovoz berish tartibi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida simulyatsion saylov uchastkasida saylov kunidagi ovoz berish jarayoni bevosita amaliy xatti-harakatlar misolida atroflicha tushuntirib berildi.

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. 

Qidirish