Yangiliklar

Image

Andijon mashinasozlik instituti doktoranti xalqaro grant sohibi bo‘ldi.

      Andijon mashinasozlik instituti Avtomobilsozlik kaferdasi tayanch doktoranti Zilola Mamataliyeva Krakov Fan va Texnologiyalar Universitetining Yevropa Ittifoqining SINAKER Xalqaro intensiv ta`lim dasturi tomonidan moliyalashtiriladigan "AGH UNESCO Digital Campus of Science and Technology" loyihasi granti sohibi bo‘ldi. 
Loyiha an`anaviy va masofaviy taʼlimni (aralashtirilgan taʼlim) uygʻunlashtirgan shaklda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan intensiv xalqaro oʻquv dasturlarini, texnologiyalar transferi va targʻibotini yaratishga qaratilgan.

     Loyihaning maqsadi - yangi ixtisoslashtirilgan va innovatsion loyihalar bilan ta'lim taklifini kengaytirish, (nogironlar uchun ham) foydalanish mumkin bo'lgan online o'qitish va o'qitishning moslashuvchanligini yaxshilash, chet ellik talabalar, doktorantlar, ilmiy tadqiqotchilarni jalb qilish. 

     Shuningdek, doktorantimiz tashkillashtirilgan online o‘quv kurslarda faol ishtirok etib loyiha tashkilotchilari tomonidan sertifikatni qo‘lga kiritdi.

 

 


Andijon mashinasozlik instituti 

Axborot xizmati

Qidirish