Yangiliklar

Image

Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan qanday himoya qilish mumkin?

Andijon mashinasozlik instituti Axborot-resurs markazida xotin–qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, yuz berayotgan tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Unda fakultet dekanlarining maslahatchilari, tyutorlar va talaba-qizlar ishtirok etdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda Andijon shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi xotin–qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori Maftuna Najmiddinova so‘nggi paytlarda yuz berayotgan huquqbuzarliklar va jinoyatlar haqida ma’lumot berar ekan, talaba xotin-qizlar bilan bog‘liq sodir etilayotgan jinoyatlar, ularning omillari haqida o‘z fikr mulohazalarini bildirdi.

Bundan tashqari xotin-qizlar tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlarga to‘xtalib, ajrim yoqasidagi, notinch oilalar bilan bog‘liq jarayonlarda nima qilish kerakligi haqida o‘zining maslahatlarini berdi. 

Tadbirda institut rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muhtaramxon Xaliqova oila mustahkamligi haqida so‘zlab, institutda qizlarning kasb-hunar o‘rganishlari, ilm olishlari, til o‘rganishlari hamda sport bilan shug‘ullanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilganini bildirdi. 

Qidirish