Yangiliklar

Image

Dual Ta’lim - nazariya va amaliyotning uyg‘unligi mujassam

Bugungi kunda ta’lim va ishlab chiqarish jarayonlarini birlashtirish dual ta’lim tizimi orqali yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Bu innovatsion ta’lim shakli nazariy bilimlarni haqiqiy amaliyot bilan mustahkamlash imkonini bermoqda.

🕯Andijon mashinasozlik institutining Materialshunoslik va yangi materiallar kafedrasi ham mazkur zamonaviy yondashuvni joriy etgan holda, talabalarga nazariy bilimlarni berish bilan bir vaqtda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha korxonalarda amaliyot o‘tash imkonini yaratmoqda. 

📸Jumladan, dual ta’lim jarayonida — ular nazariy darslarni oliy o‘quv muassasasida o‘zlashtirar ekan, amaliy bilimlarini esa korxonalarda amalda sinab ko‘rishmoqda.

Qayd etish lozim, ushbu tizim orqali talabalar ish beruvchilarga o‘zlarining imkoniyatlarini ham namoyon qilishmoqda. Bu esa qo‘liga diplom olish bilan tayyor ish joyi degani.

Qidirish