Yangiliklar

Image

Talabalar Izboskandagi innovatsion traktorni muallifi bilan uchrashdi

Viloyat hokimining topshirig‘iga asosan Andijon mashinasozlik institutining Avtomobilsozlik kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Avtomobilsozlik va traktorsozlik, Energiya mashinasozligi yo‘nalishlarining bitiruvchi talabalari bilan Izboskan tumanidagi mahalliy muhandislar tayyorlagan loyihalar bilan tanishdi.

Tanishuv davomida Izboskan tumani Qora yantoq qishlog‘ida qo‘lbola usulda yasalgan innovatsion traktorlarni borib ko‘rishdi. Mualliflar ishtirokchilarga o‘zining innovatsion traktori bo‘yicha tushunchalarni berishdi.

Shuningdek, ishlanma egasi mualliflari bilan suhbatlashilib, kelgusida bir qancha ilmiy-amaliy loyihalarni birgalikda ishlab chiqishga kelishildi.

Qayd etish lozim, sentyabr oyida Izboskan tumanidagi mahalliy muhandislar tomonidan innovatsion traktor ishlab chiqildi. Ta’kidlanishicha, traktorga “Matiz” avtomobilining dvigateli joylashtirilgan bo‘lib, u yerni 70 sm chuqurlikda bemalol haydashi mumkin.

Qidirish