Andijon mashinasozlik instituti Transport va logistika fakultetida “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi “UzSaemyung Co” qo‘shma korxonasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davlatimiz rahbari tomonidan 20-iyunda muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan vazifalar hamda viloyat hokimining topshirig‘i ijrosini ta’minlash va bitiruvchi bosqichda tahsil olayotgan talabalarni ish bilan ta’minlash hamda ularni ish beruvchilar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.