Yangiliklar

Image

Yangi kitoblar taqdimoti

Andijon mashinasozlik instituti Axborot-resurs markazi fondi doimiy ravishda yangi kitob va qo‘llanmalar, badiiy adabiyotlar bilan bilan boyitilib kelinmoqda.

Kuni kecha markazda shu munosabat bilan yangi kitob taqdimotlari, mualliflar bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazildi.

Unda kutubxona xodimlari, kitob mualliflari va talabalar ishtirok etdilar.

Tadbir kitob-axborotlarni g‘oya, obraz va bilimlarni saqlash hamda tarqatish, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, estetik qarashlarni shakllantirish vositasi, bilimlar targ‘iboti va tarbiya quroli ekanligi qayd etildi. 

Shundan so‘ng, Gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti, falsafa fanlar nomzodi Zulfiyaxon Aripova o‘zining muallifligidagi “Shaxs shakllanishi metodologiyasida milliy ma’naviyat mezonlari va sog‘lom turmush tarzi” nomli kitobi mazmun-mohiyati haqida qisqacha ma’lumot berdi. 

Shuningdek, Markazining xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi mudiri R. Maqsumova yaqinda olib kelingan Abdulla Qahhorning “Sarob”,  Farid Usmoning “Ruh bulbuli” nomli kitoblarini bibliografik tavsiflab berdi.

Tadbir davomida yangi adabiyotlar kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Qidirish