Yangiliklar

Image

Qizlar bugungi kunning dolzarb mavzusida munozara munozara qildilar

Andijon mashinasozlik instituti Axborot-resurs markazida talaba-qizlar o‘rtasida “Munozara” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan bellashuvda ishtirokchilar "Nikoh yoshi ajrimlarga bog‘liq emas!" mavzusida o‘zlarining bilimlari va so‘zamolliklarini sinovdan o‘tkazdilar.

Qizg‘in munozaralarga boy bilimlar bahsida Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakulteti jamoasi kuchli deb topilgan bo‘lsa, Mashinasozlik texnologiyasi hamda Transport va logistika fakultetlarining jamoalari ikkinchi va uchinchi o‘rin bilan o‘yinni yakunladi.

Qidirish