Yangiliklar

Image

TTJda dekan talabalari bilan uchrashdi

Andijon mashinasozlik instituti 1-son talabalar turar joyida Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakulteti talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda fakultet dekani Mahmudjon Muxtarov va Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish kafedrasi mudiri Azamatjon Yusupovlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda yotoqxonada turgan talabalarning muammolari, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan taklif va mulohazalari eshitildi.

Suhbat davomida, talabalarga o‘qish davrida hamda yotoqxonada intizomli bo‘lish, mavjud jihozlarni asrab-avaylash, institut va fakultet ichki qoidalariga rioya qilish va bir-birlariga o‘zaro mehr-oqibatli bo‘lish lozimligi ta’kidlandi.

Qidirish