Yangiliklar

Image

Institutda qishloq ayollari kuni nishonlandi

Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasining 2007-yil 18-dekabrdagi “Qishloq hududlarida ayollarning ahvolini yaxshilash to‘g‘risida”gi rezolyutsiyasiga asosan har yili 15-oktyabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni sifatida dunyoning juda ko‘plab mamlakatlarida nishonlanib kelmoqda. 

Mazkur sana munosabati bilan Andijon mashinasozlik institutida ham davra suhbati o‘tkazildi. 

Unda so‘zga chiqqan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Muhtaramxon Xaliqova, BMT mazkur kunda qishloq hududlarida istiqomat qiluvchi ayollarning muammolariga e’tibor qaratishga, xususan, ularning ta’lim olishi, mehnat qilishi, farovon turmush kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish,   zo‘ravonlik va tazyiqdan himoyalash, gender tenglikni ta’minlashga chaqirishini bildirdi. Shuningdek, mamlakatimizda qishloqlarda yashovchi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Tadbirda Iqtisodiyot kafedrasi mudiri Gulmira  Zufarova, Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri, "Shuhrat medali"  sohibasi Saidaxon  Atajanovalar ham so‘zga chiqib, ilm olish hudud tanlamasligini, qishloqdan yetishib chiqqan olimalar va ular erishgan yutuqlar, o‘zlarining  ilm olish yo‘lida chekkan mashaqqatlari, yutuqlari, oilasi va farzandlari haqida  so‘zlab berdilar. 

Tadbir davomida talaba qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ustozlardan javob va maslahatlar olishdi.

Qidirish