Yangiliklar

Image

Prezident qarori ijrosi ta`minlanmoqda

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida 20-iyun kuni muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida oliy ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasida uzilishlar mavjudligi qayd etilib, “tarmoq – korxona – oliygoh” zanjiri asosida har bir oliygohga sanoat hamkori belgilab berilishi belgilangan edi.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon mashinasozlik instituti hamda hamkor korxonalarda kafedralar ochish va dual ta’limni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Shu kunga qadar Transport vositalari muhandisligi fakultetining viloyat transport boshqarmasi, “Andijon avtotexxizmat” jamiyati, viloyat ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida filiallar ochilgan.

Misol uchun, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida Transport va logistika fakultetining Yo‘l harakatini tashkil etish ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalarga amaliy darslar o‘tkazilmoqda. 

Darslarda talabalar boshqarmaning yetakchi mutaxassislaridan bilim va ko‘nikmalar olishmoqda. Shuningdek, talabalar sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar olishmoqda.

Qidirish