Yangiliklar

Image

“Talabalar qizlar uchun dress-kod” tanlovini e’lon qiladi

Andijon mashinasozlik instituti “Talabalar qizlar uchun dress-kod” tanlovini e’lon qiladi

Andijon mashinasozlik instituti rektori bilan o‘tkazilgan “Rektor va yoshlar” uchrashuvlarda talabalar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslarni inobatga olib, institut rahbariyati tomonidan qizlar uchun “Talabalar uchun dress-kod” tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda institutda tahsil olayotgan barcha talaba-qizlar ishtirok etishi mumkin.
Tanlov yakuniy natijalariga ko‘ra, eng yaxshi deb topilgan ikki turdagi dizayn loyihalari tanlab olinadi va talabalarga kiyish uchun tavsiya qilinadi.

Eng yaxshi deb topilgan liboslar loyihalari mualliflari umumiy jamg‘armasi 10 million so‘m bo‘lgan pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Ushbu tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan talaba-qizlar dress-kod dizaynini fakultet dekanlarining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilariga joriy yilning 30-oktyabriga qadar taqdim etishlari mumkin.

Qidirish