Yangiliklar

Image

Xushnubdek "ROBBO-FEST 2024" g‘olibi

Toshkent shahridagi Intercontinental kongress-markazida  “ROBBO-FEST 2024” robototexnika bo‘yicha musobaqalarning final bosqichi o‘tkazildi.

Innovatsion IT klasteri — Cyber park, DUK «Kiberxavfsizlik markazi» va Cyber science rivojlantirish markazi tomonidan tashkil etilgan musobaqada to‘rtta - Robot Futbol, Robot Sumo, Robot Racing hamda foydali ixtirolar yo‘nalishlar bo‘yicha yuz nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi. 

Ushbu musobaqada Andijon mashinasozlik institutining Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakultetining 4-bosqich talabalari Sardorbek Nabiyev, Oyatillo Abdurahimov, Abdulaziz Sharobiddinov va Xushnudbek Razzoqberdiyevlar faol qatnashdi.

Quvonarlisi Xushnubdek Razzoqberdiyev g‘oliblar qatoridan o‘rin egallab, 5 million so‘m pul mukofoti, planshet, kubok, medal va homiylar esdalik sovg‘alariga sazovor bo‘ldi..

Xushnudbekni erishgan ushbu muvaffaqiyati bilan butun institut jamoasi va talabalari nomidan tabriklaymiz hamda kelgusidagi o‘qish va ishlariga omad tilaymiz.

Qidirish