Yangiliklar

Image

Erta turmush va erta tug‘ruqning oldini olishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Andijon mashinasozlik instituti Axborot-resurs markazida jamiyatda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, erta turmush va erta tug‘ruq holatlari hamda oilaviy ajralishlarning oldini olish yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda so‘z olganlar, qiz bolani barvaqt turmushga berish va qarindosh-urug‘lar o‘rtasida nikoh qurilishining oldini olish, aholi va yoshlar o‘rtasida nikoh va oila huquqi, oila ma’naviyati, oila ma’rifati, noqonuniy nikoh, erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berdilar.

Shuningdek, yoshlar o‘rtasida oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va byudjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga nisbatan hurmat ruhida bo‘lish masalalari haqida ham o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar. 

Bundan tashqari ekologik vaziyatda tug‘ish yoshiga va tug‘ruq orasidagi vaqtga e’tibor bermaslikdan, kamqonlikdan kasalmand bolalarning dunyoga kelayotganligi bu esa eng avvalo oiladagi sog‘lom muhitning buzilishiga, kelajakda kasalmand va nogiron farzandlarning ko‘payishiga va ajrimlarga sabab bo‘layotganligi erta turmush qurishning asoratlaridan biri ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

Davra suhbati davomida talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan batafsil javoblarni olishdi.

Qidirish