Yangiliklar

Image

"Ma’rifat ulashib" loyihasi doirasida fakultetlar o‘rtasida “Mushoira” tanlovi o‘tkazildi

Andijon mashinasozlik instituti Axborot resurs markazida yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish orqali maqsadida “Mushoira” tanlovi o‘tkazildi.

🖊Tanlovda ishtirokchilar mamlakatimiz adabiy muhitiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan ijodkorlar - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Minhojiddin Mirzo, O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi, shoira O‘ktamxon Soliyeva, Etnograf, folklorshunos, jurnalist, shoira, “Shuhrat” medali sohibasi Guljahon Mardonovalar hayoti va ijodi, she’rlari haqida baxslashdilar. 

Mushoira tanlovi yakuniy natijalariga ko‘ra, Mashinasozlik texnalogiyasi fakulteti  jamoasi birinchi, Transport va logistika fakulteti jamoasi ikkinchi hamda Elektrotexnika  fakulteti jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

Qidirish