O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2024-yil 21-fevraldagi PF–37-son Farmonining 1-bandida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni mas’ul rahbarlarga nomma-nom biriktirish amaliyotini joriy etish vazifasi belgilangan.
Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdialiyev doimiy ravishda Andijon shahridagi "Ma’rifat" mahallasida istiqomat qiluvchi o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashmoqda.
Rektor bugun ushbu yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning birinchi navbatda bandligini ta’minlash, hayotda o‘z o‘rnini topishi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan amaliy yordamlardan foydalanish holati monitoring qilindi hamda bir nafar yoshning chet tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini inobatga olgan holda chet tili kurslariga jalb qilishga kelishib olindi.
Hozirgi vaqtda yoshlarning bandligini ta’minlash borasida amaliy ishlar yo‘l xaritasida belgilangan reja asosida amalga oshirib kelinmoqda.