Avtomobilsozlik fakultetida "Ma’rifat ulashib" loyihasi doirasida umumiy sovrin jamg‘armasi besh million so‘m bo‘lgan"O‘zbegim adiblari" nomli intellektual viktorina bo‘lib o‘tdi.
Intellektual viktorinada o‘zbek davlat va jamoat arbobi, jurnalist va shoir Minhojiddin Mirzo, "Xalq ta’lim a’lochisi" unvoni sohibasi O‘ktamxon Soliyeva hamda taniqli jurnalist Guljahon Mardonova hayoti va ijodiga oid test savollari berildi.
Viktorinada Transport va logistika fakulteti Avtomobil servisi yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Islomiddin Burxonov eng ko‘p savolga javob berib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, yuqori ball to‘plagan Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakulteti Axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Zunayra Xabibullayeva hamda Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Risolat Ne’matjonova va Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakulteti Axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Shahzoda Sharobiddinovalar kuchli uchlikdan joy olishdi. Shuningdek, yana 17 nafar talabalar ham g‘olib deb topilgan.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib deb topilgan 20 nafar talabalar pul mukofoti bilan taqdirlanadi.