Andijon Mashinasozlik institutiga hush kelibsiz
Joriy yilning 21-sentabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kettering universiteti Menejment va iqtisod fakulteti dekani Dr Xasseb Ahmed xalqaro UniSen loyihasi doirasida institutimizga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Dr Xasseb Ahmed hamda Iqtisodiyot fakulteti talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Shuningdek tashrifdan maqsad Kettering universiteti hamda Andijon mashinasozlik instituti o‘rtasida akademik va ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish. Ertaga Dr Xasseb Ahmed bilan UniSen loyihasi doirasida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan muzokaralar bo‘lib o‘tadi.
AndMI axborot xizmati
Copyright © AndMI . 2011-2023