Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh Texnologiyalar universitetida “Fanlararo muloqot: taraqqiyotning yangi ufqlari” xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.
Forumda onlayn va oflayn rejimda Rossiya Federatsiyasi, Hindiston, Qozog‘iston, Avstriya, Koreya, O‘zbekiston Respublikalari olimlari ishtirok etib, yalpi majlislarda ma’ruza qildilar. Jumladan, Andijon mashinasozlik instituti professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etdi.
Davlatlararo ijobiy munosabatlar, inson hayoti va ijtimoiy ahvolini yaxshilash, texnika yutuqlari, globallashuv va ekologiyaga oid maqbul takliflar muhokama qilindi va kashfiyotlar muhokama qilindi.
Ishtirokchilar O‘sh texnologiya universitetining yosh ixtirochi, dizayner va bo‘lajak me’morlari ijodi yarmarkasini tomosha qildi, mehmonlar maktabning moddiy-texnik bazasi, zamonaviy yotoqxonasi va kichik gidroelektr stansiyasi bilan yaqindan tanishdi.