So‘nggi yillarda yurtimizda fuqarolarning vijdon erkinligi sohasidagi konstitutsion huquqlarini ta’minlash, jamiyatda diniy bag‘rikenglik va dinlararo do‘stlik-hamkorlik g‘oyalarini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining beshinchi yo‘nalishi — xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikka bag‘ishlangani ham alohida ahamiyatga ega. Mazkur strategiyaga asosan bir nechta qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi.
Andijon mashinasozlik instituti Transport va logistika fakultetida o‘tkazilgan navbatdagi davra suhbati ayni mazkur qonun va qonunosti hujjatlarning mazmun-mohiyatiga qaratildi.
Unda Andijon shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Ahrorbek Egamnazarov,Biloliddin Yunusov hamda Gumanitar fanlar kafedrasi assistenti Fazliddin Nizomov hamda institut matbuot kotibi Umidjon Mamarasulovlar ishtirok etdi.
Tadbirda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun, “Milliy qonunchilikdagi diniy faoliyatni tartibga soluvchi ayrim huquqiy-me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati” hamda “O‘zbekistonda din va davlat munosabatlari, diniy va dunyoviylik uyg‘unligi” mavzularida tushunchalar berildi.