Yangiliklar

Image

🕯"Ma’rifat ulashib" loyihasi doirasida institutimizga taniqli ijodkorlar tashrif buyuradi

🏬Joriy yilning 8-oktyabr kuni Andijon mashinasozlik institutida yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan "Ma’rifat ulashib" loyihasi doirasida adabiyot bayrami bo‘lib o‘tadi.

🖊Loyiha doirasida mamlakatimiz adabiy muhitiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan ijodkorlar, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari:

➕Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Minhojiddin Mirzo;

➕O‘zbekiston xalq ta'limi a'lochisi, shoira O‘ktamxon Soliyeva;

➕etnograf, folklorshunos, jurnalist, shoira, “Shuhrat” medali sohibasi Guljahon Mardonova.

⏰Shu kuni Andijon mashinasozlik instituti hamda Paxtaobod tumanidagi 4-umumta’lim maktabi  va 37-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, intellektual o‘yinlar va boshqa bir qator tadbirlar o‘tkaziladi. 

📢Barcha talaba-yoshlarimizni tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!!!

Qidirish