Andijon mashinasozlik instituti Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakultetida "Diniy bag‘rikenglik – ajdodlardan meros" mavzusida ma’rifat soati o‘tkazildi.
Unda Andijon shahridagi “Xoliqberdiboy” masjidi imomi Ulug‘bek Nazirov, Respublika Ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Muhtaramxon Xaliqova va fakultet dekani Mahmudjon Muxtorovlar ishtirok etdi.
Muloqot davomida diniy bag‘rikenglik o‘zbek xalqi ma’naviyati va madaniyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalarda, balki zaminimizda istiqomat qilib kelayotgan turli millat va elatlar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash, diniy bag‘rikenglik tamoyillarini qaror toptirishga alohida e’tibor qaratib kelinayotgani qayd etildi.
Tadbirda bag‘rikenglik tushunchasi, mamlakatimizdagi turli dinlar ildizlari, tarixi va bugungi kundagi rivojlanishi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Dinlararo munosabatlarning mohiyati hamda vazifalari, qonuniy asoslari, tarixiy jihatlari, bu borada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ziddiyatlar, ularni bartaraf etish choralari haqida ma’lumotlar berildi.
Davra suhbati nihoyasida talaba-yoshlar o‘z minnatdorchiliklarini bildirish bilan birga qiziqqan savollariga javoblar olishdi.