Yangiliklar

Image

Rektor va talaba-yoshlar uchrashuvlari davom etmoqda

Andijon mashinasozlik instituti rektori, texnika fanlari doktori Umid Turdialiyev “Rektor va yoshlar” loyihasi doirasida Mashinasozlik texnologiyasi fakultetining birinchi bosqich talabalari bilan uchrashdi.

Samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv avvalida rektor barchani hayotlaridagi yangi bosqich – talabalik atalmish davrga qadam qo‘yganlari bilan yana bir bor tabrikladi.

Uchrashuvda barcha sohalar qatori oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, professor-o‘qituvchi va talabalar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida ma’lumot berib, o‘z navbatida yoshlar ushbu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, o‘qib, o‘rganib, kelajakda Yangi O‘zbekiston san’ati rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shishlari lozimligini ta’kidladi.

Shuningdek, institut rektorining talabalar bilan muloqot qilishi doimiy an’ana ekanligini, ularning tashabbuslari va takliflarini amalga tatbiq etishga doimo tayyorligini bildirib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida qilinayotgan ishlar bilan batafsil tanishtirdi.

Uchrashuv davomida talabalar taklif va tashabbuslarni bildirish bilan birga, o‘quv jarayonlari haqida o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Qidirish