Yangiliklar

Image

"Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni sohiblari taqdirlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘iga muvofiq 1-oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oliy ta’lim sohasida vijdonan faoliyat olib borib, yosh avlodning sifatli ta’lim olishida o‘zining fidokorona mehnati bilan namuna bo‘layotgan, tizim rivoji uchun o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan bir guruh soha fidoyilari “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Ular orasida Andijon mashinasozlik instituti xodimlari ham bor;

1.)Sobirov Ulug‘bek Kuchkarovich – Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish kafedrasi professori, Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.

2.) Ermatov Qobuljon Muminovich –   Umum texnika fanlari  kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

3.)Yusupova Malika Botiraliyevna - Milliy va xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.

Ustozlarimizni ushbu mukofot bilan Andijon mashinasozlik instituti ma’muriyati, professor-o‘qituvchilari, shogirdlar va talabalar nomidan samimiy tabriklaymiz. 

Kelgusidagi ishlariga omad va zafarlar tilab qolamiz.

Qidirish