Yangiliklar

Image

Oilaviy kitobxonlik qadriyatga aylanishi lozim

30-sentyabr kuni Andijon mashinasozlik instituti Axborot resurs markazida oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan “Kitobxonlik oiladan boshlanadi, kitobxon ona — kitobxon bola” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Xotin-qizlarning, ayniqsa uy bekalari orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, kitobxon onalar sonini ko‘paytirish orqali farzandlar tarbiyasini,   ma’naviyatini, madaniyatini oshirishga xizmat qiluvchi badiiy va ilmiy adabiyotlarni targ‘ib qilish maqsadini o‘z ichiga olgan tadbir institut xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengashi tashabbusi bilan  tashkil etildi.