Yangiliklar

Image

Boringizga shukur, aziz ustozlar!

Andijon mashinasozlik instituti Transport va logistika fakultetida 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Boringizga shukur, aziz ustozlar!”mavzusida madaniy-ma’rifiy kecha o‘tkazildi.

Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda ustoz-murabbiylar hamda talabalar ishtirok etdi.

Unda o‘qituvchilik azal – azaldan eng e’tiborli va ulug‘ kasblardan biri ekanligini, ustoz va murabbiylar ilmu ma’rifat va kasb-hunarni avloddan avlodga eltuvchi, o‘quvchilar qalbini ilmu ziyo nuri ila nurafshon etuvchi insonlar ekanligi ta’kidlandi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Barno Obidjon qizi va Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan  ustozlarning qadri, ularni ulug‘lash haqida she’rlar o‘qildi. Shuningdek, institut iqtidorli talabalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar va raqslar davraga yanada fayz kiritdi.

Qidirish