Yangiliklar

Image

Andijon mashinasozlik instituti uchta innovatsion ilmiy laboratoriya ochish bo‘yicha Xitoy litsenziyasiga ega bo‘ldi

Avval xabar berganimizdek, Andijon mashinasozlik institutining bir guruh professor-o‘qituvchilari Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Hamkasblarimiz  Shimoliy Xitoy Texnologiyalar Universitetida Birinchi O‘zbekiston-Xitoy oliygohlari fan va texnologiya innovatsion konferensiyasida ishtirok etdilar.

Konferensiyaning ochilish marosimida Xitoy ta’lim va texnologiya vazirining o‘rinbosari Jianqing Liyu, O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi konsuli Bobur Yahyoyev, Shimoliy Xitoy texnologiyalari universiteti va O‘zbekiston oliygohlari rahbarlari hamda 300 nafarga yaqin Xalqaro fakultet talabalari ishtirok etishdi. 

Anjumanda SHXTU rektori O‘zbekiston oliygohlarida tashkil etiladigan laboratoriyalarning “ramziy belgisini” tantanali ravishda delegatsiyamiz rasmiylariga taqdim etdi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston oliygohlari vakillari o‘z ta’lim muassasasi haqida qisqa taqdimotni namoyish etdi.

Konferensiyaning ikkinchi qismida ishtirokchilar guruhlarga bo‘linib, yettita mavzudagi sessiyalarda institutimizning axborot texnologiyalari bo‘yicha prorektori Murodjon Sherboyev, Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish kafedrasi  mudiri Azamatjon Yusupov, Avtomobilsozlik kafedrasi mudiri Dilyorbek Mo‘ydinovdan hamda ikki nafar professor-o‘qituvchilar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi.

Anjuman davomida Xitoy va O‘zbekiston universitetlari o‘rtasida hamkorlikda ilmiy innovatsion laboratoriyalar tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 

Quvonarlisi, ushbu kelishuvga asosan Andijon mashinasozlik institutiga uchta innovatsion ilmiy laboratoriya ochish bo‘yicha litsenziya berildi.

 

Qidirish