Yangiliklar

Image

Ustozlar bellashuvi qizg‘in bahslarga boy kechda

Andijon mashinasozlik institutida nafaqat talabalar, balki xodimlarni ham jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport bilan muntazam shug‘ullanishini rag‘batlantirish, shuningdek xodimlar o‘rtasida jamoaviy va do‘stona muhitni shakllantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Kuni kecha 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchi va xodimlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalari o‘tkazildi.

Qizg‘in, murosasiz va voqeliklarga boy kechgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, ayollar o‘rtasida Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakulteti hamda erkaklar o‘rtasida esa Rahbariyat jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni esa erkaklar o‘rtasida Avtomobilsozlik hamda Mashinasozlik texnologiyasi, ayollar o‘rtasida Elektrotexnika va Avtomobilsozlik fakultetlari jamoalariga nasib qildi.

G‘oliblar o‘tkaziladigan bayram tadbirida taqdirlanadi.

Qidirish