Yangiliklar

Image

Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish - bugungi davr talabi

Andijon mashinasozlik instituti Axborot-resurs markazida “Odam savdosi - jinoyatchilik va diniy ekstremizmga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida tashkil etilgan tadbirda Elektrotexnika fakulteti talabalari ishtirok etdi.

Tadbirda Andijon shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari,  podpolkovnik Ulug‘bek  Ismoilov, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor Maftuna Najmiddinova, profilaktika inspektori, mayor Izzatillo Qahhorov, institut bo‘lim boshlig‘i Muhtaramxon Xaliqova va psixolog Sevara Madaminovalar mavzu yuzasidan o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Davra suhbatida yoshlarga huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish hamda odam savdosi, diniy ekstremizm va terrorizm kabi salbiy illatlarning oqibatlari haqida tushunchalar berildi. Qolaversa, diniy ekstremistik oqimlar, terroristik guruhlar o‘z saflarini kengaytirish maqsadida turli usullarni qo‘llashi, eng achinarlisi hali mafkuraviy jihatdan to‘liq shakllanmagan yoshlarga o‘z ta’sirini o‘tkazishga urinayotganligi, bunda esa har bir yosh hushyor va ogoh bo‘lish lozimligi ta’kidlandi.

Bugungi kunda mamlakatimizga kirib kelayotgan fuqarolar tomonidan turli mazmundagi taqiqlangan diniy va behayolikni targ‘ib qiluvchi materiallarni tushunib-tushunmasdan uyali aloqa vositalari yoki axborot tashuvchi vositalariga joylashtirib, yurtimiz hududiga olib kirishga urinish holatlari ko‘plab uchrayotganligi misollar bilan tushuntirib o‘tildi.

 

Qidirish