Yangiliklar

Image

Institutimiz vakillari Birinchi O‘zbekiston-Xitoy oliygohlari fan va texnologiya innovatsion konferensiyasida qatnashmoqda

Xitoy xalq respublikasining Shimoliy Xitoy Texnologiyalar Universitetida Birinchi O‘zbekiston-Xitoy oliygohlari fan va texnologiya innovatsion konferensiyasi o‘tkazilmoqda.

Unda Xitoy, O‘zbekiston va Ukraina mamlakatlarining yetakchi texnik oliy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda professor-o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.

Jumladan, mamlakatimizning yettita texnik oliy ta’lim muassasalari qatorida, Andijon mashinasozlik instituti Axborot texnologiyalari bo‘yicha prorektor Murodjon Sherboyev, Mashinasozlikni ishlab chiqarish va avtomatlashtirish micha Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish kafedrasi  mudiri Azamatjon Yusupov, Avtomobilsozlik kafedrasi mudiri Dilyorbk Mo‘ydinovdan iborat delegatsiya ham ishtirok etmoqda.

Tadbirning birinchi kunida mezbonlik qilayotgan universitet rektori, professor Lifen Jang (Lifeng Zhang)  bilan uchrashuv o‘tkazildi. 

Uchrashuvda amalga oshirilayotgan uzoq yillik hamkorlik masalalari, erishilgan yutuqlar hamda kelgusida hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida Shimoliy Xitoy Texnologiya universiteti bilan xorijiy maktablarni boshqarish loyihasi bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar universitetning Mexanik materiallar maktabining Yuqori sifatli po‘latlar markazi, Axborot texnologiyalari maktabining mikroelektronika hamda Elektron boshqaruv va Energiya saqlash maktablarining laboratoriyalarini ko‘zdan kechirdilar.

Qidirish