Yangiliklar

Image

Andijon viloyati hokimi stipendiyasi uchun hujjatlar qabuli boshlandi

🖇 Stipendiya tanlovida institutning 3-4 va magistraturaning 2-bosqich talabalari ishtirok etishlari mukin.

KERAKLI HUJJATLAR:
✔️ariza
✔️shaxsni tasdiqlovchi hujjat (passport yoki ID karta) nusxasi
✔️4x5 o'lchamli  fotosurat (oq fonda) 2 dona
✔️sinov daftari (baholar tabeli)ning nusxasi
✔️talabgor tomonidan qilingan ilmiy ishlar nusxalari
✔️talabgor tomonidan birorta soha (qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday soha)ni rivojlantirishga qaratilgan loyiha (asoslab berish sharti bilan)
✔️OTM rektori va boshlang'ich tashkiloti yetakchisining tavsiyanomasi
✔️O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi viloyat Kengashining tavsifiy-tavsiyanomasi

💵Tanlov g'oliblari Andijon viloyat hokimi stipendiyasi diplomi va 6.000.000 so'm pul mukofoti bilan taqdirlanadi! Shoshiling!

📌 Hokim stipendiyasi bo’yicha hujjatlarni Yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti yetakchisi I.Kabulovga topshirishingiz so’raladi.


Andijon mashinasozlik instituti

Axborot xizmati

Qidirish