Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida ikki mamlakat o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan birinchi O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumi o‘tkazildi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov va Italiya Universitetlar va tadqiqotlar vaziri Anna Maria Bernini boshchiligida o‘tkazilayotgan ushbu forumda Italiyaning Universitetlar va tadqiqotlar vazirligi hamda uning huzuridagi 25 ga yaqin oliy ta’lim muassasasi, shuningdek, mamlakatimizning 40 dan ortiq yetakchi oliygohlari rektorlari ishtirok etdi.
Ushbu forumda Andijon mashinasozlik instituti rektori, texnika fanlari doktori Umid Turdialiyev ham qatnashmoqda. Ushbu forumda rektor Italiyadagi uzoq yillik tarixga ega Kamerino universiteti prorektori Emanuyel Tondi bilan birgalikda Turin politexnika universiteti bog‘ida daraxt ekdilar.