“Rossotrudnichestvo”ning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasida Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Unda Andijon mashinasozlik instituti rektori, texnika fanlari doktori Umid Turdialiyev ham ishtirok etdi.
Tadbirda tomonlar Rossiya mintaqasi va O‘zbekiston o‘rtasidagi ta’lim, fan va madaniyat kabi sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishning ko‘plab masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuvda Andijon mashinasozlik instituti hamda Don davlat texnika universiteti o‘rtasida uzoq yillik hamkorlik mavjudligi, muassasalar o‘rtasida har tomonlama ochiq va do‘stona aloqalar o‘rnatilgani qayd etildi.
Shuningdek, Andijon mashinasozlik instituti negizida Ilg‘or muhandislik maktabini tashkil etish bo‘yicha Don davlat texnika universitetining "Rostselmash" istiqbolli mashinasozlik instituti" Ilg‘or muhandislik maktabi " loyihasi shakliga muvofiq hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
Tadbir yakunida Don davlat texnika universiteti va Andijon mashinasozlik instituti o‘rtasida hamkorlikning yangi shakllarini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolandi. Unga ko‘ra, kelgusi o‘quv yilidan qo‘shna ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish belgilangan.