“Yil talabasi” Respublika ko‘rik-tanlovi uchun hujjatlar qabul qilish jarayoni boshlandi
Ushbu tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar o‘z hujjatlarini institutning Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotiga 20-oktabr kuniga qadar topshirishishlari mumkin.
➡️Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblar aniqlanadi:
📼Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng bilimdon talabasi;
📼Yilning eng faol targʻibotchi talabasi;
📼Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
📼Yilning eng faol sportchi talabasi;
📼Yilning eng faol iqtidorli talabasi;
📼Yilning eng faol ijodkor talabasi;
📼Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).
🪧 Andijon mashinasozlik institutida tanlov nominatsiyalari boʻyicha yuqori oʻrinlarni egallagan gʻoliblar faxriy yorligʻi va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 4, 3 va 2 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
🪧Oliy taʼlim muassasasi bosqichida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan talablar Respublika bosqichida ishtirok etadi. Ushbu bosqich gʻoliblari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi diplomi, maxsus statuetka hamda bazaviy hisoblash miqdorining 1-oʻrin 15 barobari, 2-oʻrin 10 barobari va 3-oʻrin 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
📁Tanlovda ishtirok uchun quyidagi hujjatlar to’plami taqdim etilishi lozim:
📌Ma'lumotnoma (obyektivka),
📌pasport nusxasi
📌Reyting daftarchasi nusxasi (Baholar inobatga olinadi, 100% a'lo bo'lsin deb talab etilmagan)
📌Dekanat taqdimnomasi (2 betdan oshmasin)
📌Kafedra, ilmiy rahbar yoki guruh rahbaridan tavsiyanoma
📌Yoshlar ittifoqi BT yetakchisidan fikrnoma
📌Tanlov va turli loyihalarda erishgan yutuqlari (sertifikat, diplom, faxriy yorliq va boshqalar...)
📌Nashr ettirilgan maqola, tezis yoki usubiy qo'llanmalar va patent, ixtiro... (agar bo'lsa)
🔔Hujjatlar 12-oktabrdan 20-oktabr qadar institutimizning yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼullari tomonidan qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun oʻz fakultetingiz masʼullariga murojaat qiling.
📞Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi I.Kabulov bilan +998937929050 telefon raqami yoki @ikab_as manzilli orqali bog‘lanishingiz mumkin.