Buyuk kelajakni yaratishda xalq asosiy kuch hisoblanadi. Tarixdan ma’lumki, mamlakatni yuksaltirishda aksariyat davlatlar xalq bilan birgalikda ko‘p ishlarni amalga oshirgan. asrlar davomida o‘z isbotini topgan haqiqatdir.
Andijon mashinasozlik instituti Iqtisodiyot hamda Avtomobilsozlik fakultetlarida “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz!” kitobi mazmun-mohiyati, undagi g‘oyalar va uni amalga oshirishda xalq bilan hamjihatlikning ahamiyati, islohotlar jadalligining ortishiga har bir inson hissa qo‘shishi lozimligi haqida keng tushunchalar berildi.
So‘nggi yetti yil davomida inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, jamiyatimizda millatlar va dinlararo hamjihatlik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlashda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlarni solishtirib, «jonli misollar” bilan ta’sirchan ruhda gapirib berdi.
Notiqlar talabalarni yaratilgan imkoniyatlardan to‘liq foydalanishga, Vatanga, jamiyatga munosib farzand bo‘lishga chaqirdilar.