Yangiliklar

Image

Yoshlarni ekstremizm va terrorizmdan asrash - barqarorlik omili!

Andijon mashinasozlik instituti Mashinasozlik texnologiyasi fakultetida "Yoshlarni ekstremizm va terrorizmdan  asrash - barqarorlik omili!" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda institut talabalari orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi Anvarjon Islomov, Andijon shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shohrux Mirzajonov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Andijon shahri bo‘yicha bosh mutaxassisi A’zamxon Muzrobxonov hamda Andijon shahar IIB Terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi xodimi Umidjon O‘tbosarov, institut profilaktika inspektori, mayor Izzatillo Qahhorovlar mavzu yuzasidan ma’ruza qildilar.

Tadbirda so‘z olganlar bugungi o‘ta rivojlangan globallashuv va axborot almashinuvi davrida diniy-ekstremistik g‘oyalarni tarqatish orqali boylik orttirishni, turli siyosiy maqsadlarni ko‘zlagan ayrim toifalar tomonidan internet tarmog‘ida odam savdosi, giyohvandlik, terrorizm va diniy ekstremizmni targ‘ib etishga qaratilgan buzg‘unchi g‘oyalar keng tarqatilayotganligini hayotiy misollar yordamida aytib o‘tdilar.

Shuningdek, ana shunday murakkab bir davrda yurtimiz yoshlarini diniy ekstremistik hamda turli yot g‘oyalar, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishlarida  asrash jamiyatimiz, ziyolilar oldida turgan eng muhim vazifalardan biri hisoblanishi ham ta’kidlandi.

Bundan tashqari oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar va ularning oqibatlari xususida misollar keltirilib, ogohlikka chaqirildi.

Tadbir davomida mavzu yuzasidan mutaxassislar tomonidan tavsiya etilgan videofilm namoyish etildi.

 

Qidirish