Yangiliklar

Image

2-bosqich talabalari ishtirokida "Rektor va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi

    Joriy yilning 19-sentabr kuni IB va KT fakulteti 2-bosqich talabalari ishtirokida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuv boshidan talabalar faollik ko’rsatib o’zlarini qiziqtirgan savollar hamda murojaatlarni rektorga yo’llashdi. Talabalar tomonidan institutdagi avtomaktab, avtoservis, xalqaro amaliyot, innovatsion g'oyalar to’g’risida berilgan savollarga Umid Muxtaraliyevich tomonidan batafsil javob berildi.

    Shuningdek institutning 2022-yil 29-apreldagi 9-son ilmiy kengashida tasdiqlangan 2-kursdan boshlab ilmiy rahbar hamda bitiruv malakaviy ishi biriktirilishi loyihasi to’g’risida rektor tomonidan tushunchalar berildi. Uchrashuv so’ngida rektor o’quv yili davomida yuzaga keladigan savollarni @andmirektor botiga yuborishlari mumkinligini eslatdi.

 

                                   rektor va yoshlar

                                   rektor va yoshlar

 

 

AndMI axborot xizmati

Qidirish