Yangiliklar

Image

Talaba qizlar ishtirokida Art-terapiya mashg‘uloti o‘tkazildi

Andijon mashinasozlik instituti Axborot-resurs markazida jamoada ruhiy salomatlikni mustahkamlash, o‘qituvchi va talabalarni charchoq va stresslardan chiqargan holda jamoaviy birlikni yanada mustahkamlash maqsadiga qaratilgan Art terapiya mashg‘uloti o‘tkazildi.

Institut rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muhtaram Xaliqova tashabbusi bilan tashkil etilgan mashg‘ulotda Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakulteti talaba-qizlari ishtirok etdi. 

Mashg‘ulot davomida qizlar tomonidan chizilgan rasmlar, ular tomonidan qo‘llanilgan ranglar,  ishlatilgan obraz va belgilarga mutaxassislar tomonidan tariflar va maslahatlar berildi. Shunga ko‘ra, har bir qizning fe’l-atvori o‘rganib chiqildi.

Ma’lumot uchun, Art-terapiya — san’at va ijodkorlikdan foydalanishga asoslangan psixoterapiya va psixologik korreksiyaning yo‘nalishlaridan biri hisoblanib, psixoemotsional holatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, kayfiyat yaxshilanadi, asabiy va ruhiy zo‘riqish yengillashadi. Bundan tashqari shaxslar-aro xulq-atvor, o‘z-o‘zini hurmat qilish shakllanadi, tasavvur, estetik tajriba, ijodiy o‘zini namoyon qilishni rivojlantirib, ijodiy qobiliyatlari ortadi.

Tadbir davomida Gumanitar fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, psixolog Barnoxon Yaqubova,  Iqtisodiyot fakulteti tyutori, Tasviriy san’at bo‘yicha mutaxassis Qudratilla Turg‘unov hamda fakultet dekanining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Oybahorxon Sotiboldiyevalar  art-terapiyaning asosiy maqsadi o‘zini namoyon qilish va o‘zini-o‘zi bilish qobiliyatini rivojlantirish orqali ruhiy holatni uyg‘unlashtirish mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Qidirish