Yangiliklar

Image

Energiya samaradorligini oshirish va elektr energiyasini uzatishda yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha muhim ishlar amalga oshirilmoqda.

Avvalroq, Andijon viloyat hokimining energetika sohasi vakillari bilan muloqot o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan  energiya tejamkorligini ta’minlash, muqobil quvvatlardan foydalanishni kengaytirish masalalari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan uchrashuvda barcha taklif va fikr-mulohazalarni umumlashtirgan holda chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.

 

Tizimdagi yo‘qotishlarni aniqlash hamda ilmiy yondashgan holda bartaraf etish borasidagi yo‘nalishlarni qamrab olgan maxsus Ishchi guruh tuzildi. 

Mazkur ishchi guruh tarkibida Andijon mashinasozlik instituti Elektrotexnika fakulteti professor-o‘qituvchilari ham mavjud. 

Ular boshqa oliy ta’lim muassasalarining olimlari hamda “Andijon hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati xodimlari bilan birgalikda viloyatdagi mavjud podstansiyalarning ish faoliyatini yaxshilash bo‘yicha ishlarni amalga oshirishmoqda.

Olib borilayotgan ishlar nafaqat tarmoq barqarorligini oshirishga, balki viloyat bo‘yicha elektr ta’minotining sifati va uzluksizligini ta’minlashga ham xizmat qiladi.

Energetika sohasidagi bunday hamkorlik loyihalari energiya resurslaridan samarali foydalanishga va kelajakda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Energiya samaradorligi va elektr tarmoqlarining ishonchliligi zamonaviy infratuzilmaning muhim qismlaridir.

Qidirish