Yangiliklar

Image

Birinchi bosqich talabalari Mustaqillik darsida ishtirok etdi

Talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan yoshlar uchun Andijon mashinasozlik instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Suhrobjon Aliyev ishtirokida "Mustaqillik darsi" o‘tkazildi.

Darsda ajdodlarimizning mustaqillikni qo‘lga kiritishi uchun chekkan zahmatlar aytib o‘tildi. Istiqlolning ilk davrlarida vujudga kelgan qiyinchiliklarni matonat bilan yengib o‘tgan xalqimiz ahvoli, ularning farovon hayot kechirishi yo‘lidagi zahmatlari misollar bilan slaydlar asosida yoritib o‘tildi.

Istiqlol  natijasida O‘zbekiston iqtisodiy jihatdan barqaror davlat darajasiga yetgani va dunyoda o‘z obro‘siga ega bo‘lgani ta’kidlandi.

Shuningdek, notiq oxirgi yillarda yurtimizda amalga oshirilgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati, yoshlarga oid davlat siyosatining yo‘nalishlari, kelajak avlodning har tomonlama kamol topishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida so‘zlab berdi. Davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim-tarbiyaga qaratilayotgan yuksak e’tibor, o‘z navbatida, talaba-yoshlardan bilim olishga intilishni, namunali xulq-atvorga ega bo‘lishni va mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida faol ishtirok etishni talab qilishini ta’kidladi.

Prorektor talabalarning fikr-mulohazalari bilan qiziqib, ularga zarur ko‘nikma va tavsiyalarini berdi.

Shundan so‘ng, talabalar ilm dargohida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.

Qidirish