Yangiliklar

Image

Shuhrat Abdurahmonov energetika sohasi vakillari va olimlar bilan uchrashdi

Andijon Yoshlar texnoparkida viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov energetika sohasi mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda energetika sohasi mas’ullari, Andijon mashinasozlik instituti hamda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektorlari, olimlari va tadqiqotchilari ishtirok etdi.

Uchrashuvda joriy yilning 27-avgustdan 5-sentyabr kunlari davlatimiz rahbari ishtirokida  energiya tejamkorligini ta’minlash, muqobil quvvatlardan foydalanishni kengaytirish hamda elektrotexnika sohasida ishlab chiqarish, eksport va sarmoya hajmini ko‘paytirish masalalari muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlarida belgilab berilgan vazifalar ijrosi haqida so‘z bordi.

  • So‘nggi ikki-uch yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha bir qancha loyihalar amalga oshirildi. Bir nechta tumanda gidroelektrostansiyalar qurilib, foydalanishga topshirildi. Biroq aholi soni ortib borar ekan, energiya resurslariga talab yildan yilga oshib borilayotganligiga guvoh bo‘layapmiz. Bu yoqda kuz-qish mavsumi yaqin. Shu sababli energiyani tejash masalalariga jiddiyroq e’tibor qaratishimiz, bu bo‘yicha viloyatimizga xos samarali tizimni joriy etishimiz zarur, - dedi viloyat rahbari.

Bunda kadrlar tayyorlash, tarmoqning ilm-fan bilan uzviyligini ta’minlash va raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi. Bunday kompleks ishlash tartibini viloyat markazidan tortib, eng chekka hududlardagi elektr tarmoqlari korxonalarigacha tatbiq etish shartligi aytib o‘tildi. 

Uchrashuvda mutaxassislarning energiyani tejash bo‘yicha mavjud muammolar, amalga oshirish zarur bo‘lgan rejalar bo‘yicha taqdimotlar qilinib, fikr-mulohazalar bildirildi.

Taqdimotda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan soha mas’ullariga qator topshiriqlar berildi.

 

Qidirish