Yangiliklar

Image

Vodiylik jurnalistlar, OAV vakillari, blogerlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari diqqatiga!

Yangi oʻquv yili boshlanishi arafasida talabalarni turar joy bilan taʼminlash oliy taʼlim tizimidagi dolzarb masalalardan biriga aylandi. Hozirda talabalar turar joylarining sonini oshirish, turar joy oʻrinlarini koʻpaytirish boʻyicha hududdagi oliy ta’lim muassasalarida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. 

Bu boradagi ishlarni, xususan, qurilayotgan va foydalanishga topshirilgan talabalar turar joylarini jamoatchilikka tanishtirish maqsadida 5-sentyabr kuni Andijon viloyatidagi oliy ta’lim muassasalariga press-tur o‘tkazish rejalashtirilgan.

Andijon viloyati hokimligi, Andijon viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamda Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida tashkil etilayotgan ushbu media tadbirimizga barcha OAV vakillari, blogerlar va ijtimoiy faol fuqarolarni taklif qilamiz.

Mazkur media tadbirda ishtirok etish niyatida bo‘lganlarni 5-sentyabr kuni soat 10:00 da Andijon davlat universitetida kutib qolamiz. Qo‘shimcha ma`lumotlar uchun +998 90 208 01 00, +998 91-486-28-20, +998-99-600-72-23 raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.

Qidirish