Prezidentning 30.12.2021 yildagi “Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraхtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-46-son Farmoni bilan butun mamlakat miqyosida "Yashil makon" umummilliy loyihasi tatbiq etiladi.
Loyiha daraхtzorlarni koʻpaytirishga qaratilgan va quyidagilarni nazarda tutadi:
Yurtimizda davom etayotgan «Yashil makon» umummilliy loyihasining, dolzarb 40 kunlik doirasida, fakultet dekanlari va tyuterlar boshchiligida, guruh faollari, bilan birgalikda fakultet binosida jami 22 tup pavloniya, 20 tup archa manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Ma’lumot uchun fakultet binosida (archa, kashtan, chinor, pavloniya,o`rik, gilos,xurmo, yong`oq, bexi, olma) kabi 15 dan ziyod turdagi, jami 200 tupdan ortiq manzarali hamda mevali daraxtlar mavjud bo‘lib ular yillar davomida shaharning toza havosi va ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shib kelmoqda.
Andijon mashinasozlik instituti jamoasi ham o‘z hissasini qo‘shmoqda. 2021-yil, 22-noyabr kuni institutning Avtomobilsozlik fakulteti binosi hamda 2-talabalar turar joyi binolari hududiga 200 tup uzum ko‘chatlari ekildi. Undan avval esa 1000 tup anor, 120 tup pavloniya manzarali daraxtlari ekilgan edi. Ko‘chatlar institut rektori Turdialiyev Umid Muxtaraliyevich boshchiligida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti faol yoshlari tomonidan o‘tqazildi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekini ishlari hali davom etadi.
Institutimiz jamoasi Andijon shahrida Eko Parkning 1 yilligi hamda Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida Eko aksiyada ishtirok etdi. Institut rektori boshchiligida institut Yoshlar ittifoqi yetakchilari Eko Parkning daraxtlarga yanada boyishida oʻz hissalarini qoʻshdilar.