"Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish" kafedrasi mudiri A.Yusupov boshchiligida kafedra professor-o'qituvchilari va doktorantlari Andijon shahridagi "Andijon suv oqava" MCHJga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida suv tozalash jarayonlari va qurilmalari hamda sohadagi yangiliklar va ilmiy muammolar bilan yaqindan tanishdilar. Hozirda Andijon shahrini muhim ekologik tarmog'i bo'lib xisoblangan suv tozalash inshoatida kelgusida kafedra filialini ochish, texnologik jarayonlarda talabalar amaliyotini tashkil etish, suv tozalash jarayonlari bo'yicha "Start up" loyihalarini tayyorlash masalalarida kelishuvga erishdilar.
Copyright © AndMI . 2011-2023