Ehtiyojmand yoshlarga rektor yordami

Joriy yilning 11 aprel kuni davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdialiyevga biriktirilgan Andijon shahrining “Ma’rifat” mahallasida bir qator salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu kunga qadar rektor mahallada istiqomat qilayotgan “qizil” toifaga kirgan 50 nafar yoshlar va ularning ota-onalari bilan xonadonbay tizimida uchrashib, ularning ijtimoiy holati, muammolari va qiziqishlarini o‘rgandi. Shunga asosan ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, hayotda o‘z o‘rnini topishi va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. O‘rganish davomida Sarvinoz Sattarova, Tursunoy Rejaboyeva va Mubinaxon Ibragimova kabi qizlar tikuvchilikka qiziqishini bildirishib, tikuv mashinaga ehtiyoji borligini aytishgan. Ikromjon Ortiqboyev axborot texnologiyalaridan xabardorligini aytib, agarda noutbuk olib berilsa mahallaning boshqa yoshlariga ham kompyuter savodxonligidan dars berishga tayyorligini bildirgan edi. Kuni kecha institut rektori Umid Turdialiyev yana ularning xonadoniga tashrif buyurib, tikuv mashinalari hamda noutbukni o‘z egalariga topshirdi. “Uyimizgacha kelib, bizni dardimizga quloq tutib, muammolarimizni hal etish yo‘llari izlanayotganidan juda minnatdormiz. Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlikni ko‘rib, imkoniyati cheklanganligimizni ham unutib qo‘yyapmiz, o‘zimizni yana qayta tug‘ilgandek his qilayapmiz. Ko‘rsatilayotgan mehr–muruvvat, ijtimoiy ko‘mak va qadrimiz ulug‘lanayotgani tanamizga kuch bag‘ishlamoqda”,-deydi Ikromjon Ortiqboyev. Yoshlar va ularning ota-onalari bu kabi e’tibor va g‘amxo‘rlikdan minnatdor ekanliklarini, uchrashuvlarda aytilgan muammolar o‘z yechimini topayotganligidan mamnunliklarini bildirdilar.

Responsive image
Responsive image
Responsive image
Kam ta'minlangan oila farzandlari uchun berilgan imkoniyatlar

1-IMTIYOZ. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-iyuldagi 318-son qaroriga ilova tariqasida qabul qilingan “Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risida” Nizomga ko’ra, ta’lim kreditlari to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun oliy o‘quv yurtlariga qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, ularning ota-onalari yoki vasiylariga beriladi.
Ta’lim kreditlari, oliy ta’lim muassasalarida o‘qish davri hisobga olingan holda, bakalavriatga o‘qishga qabul qilingan talabalarga 10 yilgacha, magistraturaga o‘qishga qabul qilingan talabalarga 5 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi. Muddatli harbiy xizmatni o‘tash davri bu muddatga kirmaydi. Kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan talabalar uchun kredit bo‘yicha qo‘shilgan foizlarning 50 foizi tuman Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan to‘lanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan imtiyozga huquqli bo‘lgan oilalar “Kam ta’minlangan oilalarni hisobga olish va ularga moddiy yordam tayinlash va berishning amaldagi tartibiga muvofiq” fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan aniqlanadi.

2-IMTIYOZ. Magistraturada bepul o‘qish va imtiyozli qabul.
O‘zbekistonda xotin-qizlarning magistraturada o‘qish xarajatlarini davlat qoplab berishi e’lon qilindi.

Ta’lim imtiyozlari

  • yangi o‘quv yilidan boshlab magistraturada o‘qiyotgan qizlar kontrakt puli to‘liq budjetdan qoplab beriladi (23 ming nafar qizlarga 200 milliard so‘m);
  • har yili 50 nafar qizlar nufuzli xorijiy oliygohlarga bakalavr va 10 nafari magistraturaga yuboriladi;
  • har bir viloyatda ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yo‘qotgan 150 nafar qizlar (jami 2,1 ming nafar) ta’lim kontrakti mahalliy budjetdan to‘lab beriladi;
  • yosh farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy o‘qishga sharoit yaratiladi;
  • doktorantura yo‘nalishida xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratiladi;
  • har yili xotin-qizlar talaba bo‘lishiga kvotaning kamida 50 foizi aniq fanlar, texnika va huquqshunoslik yo‘nalishlari uchun maqsadli ajratiladi;
  • yangi o‘quv yilidan boshlab oliygoh, texnikum va kollejlarda o‘qiyotgan qizlarga ta’lim kontraktlarini to‘lash uchun ilk marta 7 yil muddatga foizsiz kredit berish joriy qilinadi.

3-IMTIYOZ. Talabaga madad loyihasi.
Bu yoshlarning ta’lim olishiga ko‘maklashish maqsadida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarini to‘lab berishga qaratilgan loyiha. U Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 250-son hamda 450-son qarorlariga muvofiq 2021 yilning 18 oktyabrda ishga tushirildi.

Kimlarga kontrakt puli to‘lab beriladi?

  • oilasi “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning farzandlari;
  • mehribonlik uylari, bolalar shaharchasi bitiruvchilari;
  • ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylikka olingan yoshlar;
  • to‘liq bo‘lmagan oila (yolg‘iz ona, ota)ning farzandlari;
  • oila boquvchilarining kamida bittasi birinchi guruh yoki har ikkalasi ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan oila farzandlari;
  • I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan yoshlar;
  • jazoni ijro etish muassasalaridan jazo muddatini o‘tab chiqqan yoshlar;
  • “ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oila farzandlari;
  • ota-onasidan biri yoki har ikkisi yoshga doir pensioner bo‘lgan yoshlar;
  • yosh er-xotin talabalar;
  • oilasida ikki yoki undan ortiq farzand kontrakt asosida o‘qiyotgan oilalarning farzandlari.

Andijon Mashinasozlik institutida "Hokim va yoshlar" uchrashuvi

"Kam ta’minlangan va qiynalgan talabalarni o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlashlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar

1-SHAROIT. 2022-2023-o‘quv yili 1-son Ilmiy Kengashining qarori bilan oilasi “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning farzandlari, mehribonlik uylari, bolalar shaharchasi bitiruvchilari, ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylikka olingan yoshlar, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oila farzandlari, “Yoshalar daftari”, “Ayollar daftari”, “Mehr daftari” ga kititilgan talabalar institutning talabalar turar joyida yashash bilan birga turar joyga belgilangan to‘lov summasining 50% miqdorida chegirma belgilangan.
Nogironligi bo‘lgan talaba-yoshlar talabalar turar joyi to‘lovlaridan ozod etilgan.
Bundan tashqari institut rektorining tashbbusi bilan har chorakda talabalar turar joyida o‘tkaziladigan “Eng namunali talabalar turar joyi” tanlovi bo‘yicha munosib deb topilgan talabalarning namunali honalari tanlab olinadi va institute rektorining Sertifikatini qo‘lga kiritadi. Ushbu sertifikatni qo‘lga kiritgan honadagi barcha talabalar navbatdagi o‘quv yili uchun o‘z honalarida yashash agarda takroran 2-marotaba qo‘lga kiritgan taqdirda 50%, 3-marotaba qo‘lga kiritgan taqdirda 75%, 4-marotaba qo‘lga kiritgan taqdirda 100% imtiyoz bilan talabalar turar joyida istiqomat qilish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

2-SHAROIT. Talaba O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvar, 59-son “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan imtiyozlardan to‘la foydalanish imkonini oladi.

"Kam ta'minlangan oilalardagi talabalarga moddiy va ma'naviy yordam

Talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvar, 59-son “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan imtiyozlar bo‘yicha moddiy yordam, talabaga rag‘batlantirish ko‘rinishida berilib boriladi. Belgilangan me’zonlarga mos keluvchi talabalar institute ishchi guruhi tomonidan doimiy nazoratga olib boriladi va rag‘batlantirib boriladi.

"Talabaga Madad" loyihasi

Yoshlar ishlari agentligi iqtisodiy muammolarga duch kelayotgan, boquvchisini yoʼqotgan, ota-onasida nogironligi boʼlgan, mehribonlik uylari bitiruvchisi boʼlgan, yosh oila boʼlgan, “Ijtimoiy himoya” yagona reestriga kiritilgan oila farzandlari kabi toifalarga mansub talaba-yoshlarning toʼlov-kontraktini toʼlab berish boʼyicha “Talabaga madad” loyihasini eʼlon qilgandi.
Bunda 18 yoshdan 30 yoshgacha boʼlgan, OTMlarning bakalavriat bosqichi kunduzgi, sirtqi, kechki va maxsus-sirtqi taʼlim shaklida hamda magistratura bosqichida tahsil oladigan talaba-yoshlarning toʼlov-kontrakti miqdorining 50 foizgacha miqdori toʼlab beriladi.
Mazkur imkoniyatdan foydalanish uchun https://yoshlardaftari.uz/#/help-student/create havolasi orqali tizimdan roʼyxatdan oʼtish lozim.