Andijon Mashinasozlik institutiga hush kelibsiz
Ilm - fan sohasida yutuqlarga erishgan ayollarning o‘rni beqiyos ekanligini inobatga olib, olima xotin - qizlarimiz hamda oxirgi paytlarda ilmiy izlanishlar borasida faollik ko‘rsatayotgan xotin-qizlarimiz bilan talaba qizlarning uchrashuvlarini tashkillash oqibqtida iqtidorli va bilimga chanqoq talaba qizlarimiz davlat stpendiyalariga, jumladan Prezident stipendiyasi, I.Karimov nomidagi stipendiya, Ibn Sino stipendiyasi, Beruniy nomli davlat stipendiyasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi nomdar stipendiyalari, O‘zbekistondagi atoqli olim va olimalarning stipendiyalari g‘oliblari bo‘lib kelishgan
Xotin-qizlar o‘rtasida tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, talaba qizlarni tibbiy va huquqiy madaniyatini oshirish yuzasidan hamkor tashkilot vakillari bilan birgalikda tadbirlar davomli ravishda amalga oshirib kelinadi.
Imkoniyati cheklangan-nogironligi bo‘lgan, Ayollar daftarida, Yoshlar daftarida turgan talaba qizlarga moddiy-ma’naviy ko‘mak berib boriladi.
Agar siz ta’lim olayotgan yoki mehnat qilayotgan oliygoh, professional ta’lim muassasasida sizga nisbatan biron-bir koʻrinishda tegajogʻlik, tazyiq yoki zoʻravonlik sodir etilgan boʻlsa, yoxud ana shunday nojoʻya xatti- harakatlar tahdidi ostida boʻlsangiz yoki guvohi boʻlgan boʻlsangiz, hech ikkilanmay Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining 1006 ishonch telefoniga yoki @himoya_otv_bot ga murojaat qiling!
Shaxsingiz va shaxsiy ma’lumotlaringiz sir saqlanishi kafolatlanadi. Sizga zarur boʻlgan barcha yordam koʻrsatiladi, nojoʻya xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaslik, sodir etilgan har bir holat boʻyicha qat’iy choralar koʻrilishi ta’minlanadi.
Oliy, oʻrta maxsus va professional ta’lim tizimida sogʻlom ma’naviy muhitni shakllantirish, muhtarama ayollarimizning, aziz opa-singillarimizning sha’ni, qadr-qimmati, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vazirligimiz uchun ustuvor ahamiyatga egadir.
Copyright © AndMI . 2011-2023