Yashil energiya

Bugungi kunda Andijon mashinasozlik institutida muqobil energiyalaridan keng foydalanish dasturi asosida bir qancha loyihalar amalga oshirilmoqda. 2022-yilning 4-choragida institut asosiy binosiga quvvati 100 kVt/s lik quyosh panellari o‘rnatildi. Ushbu loyiha orqali chorak uchun reja qilingan elektr energiyasidan 22.3 ming kVt tejab qolindi. Hozirda institutda yashil energiyadan samarali foydalanish ishlari yanada jadallashtirilib, may-avgust oylari orasida 4 ta 100 kVt/s lik hamda 1 ta 60 kVt/s lik quyosh panellari o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Dastlab, 2022-yilda o‘rnatilgan panellar orqali institut ehtiyojining 34%i quyosh energiyasi xisobiga qoplangan bo‘lsa, 2023-yil avgust oyi ohiriga yangi o‘rnatilgan panellar tufayli 75% ga yetkazilishi rejalashtirilgan. 2023-yilda amalga oshirilgan yashil energiyadan foydalanish dasturi bo‘yicha institutda soatiga 660 kVt elektr energiyasi ishlab chiqarilishiga erishiladi. Shuningdek elektr energiyasi iste’moli yoz oylarida kamayishi xisobiga ortiqcha ishlab chiqarilgan energiyani tashqi iste’molchilarga sotish maqsad qilingan.

Institut talabasi quyosh energiyasida harakatlanadigan avtomobil yasadi

Ushbu avtomobillar quyoshdan energiya oladi. Ochiq havoda 2.5 soat davomida quvvatini tiklaydi. Bir quvvatda 40-60 km masofani bosib o‘tadi. Tabiatga zarar keltirmasdan, shovqinsiz harakat qiladi. Tezligi 45-60 km/s ga chiqadi.

Image