Andijon Mashinasozlik instituti asosiy binosida Andijon viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Institut hamkorligida profilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbirda FVV mutaxassislari tomonidan yong‘in o‘chirishda hamda favqulodda vaziyatlarda foydalaniladigan asbob-uskuna, moslamalar talabalarga tanishtirildi. Shuningdek favqulodda sodir bo'lgan hodisalarda fuqarolarning qanday harakat qilishlari kerakligi to‘g‘risida ko‘rsatmalar berildi. Profilaktik tadbir davomida kichik yong‘inlarni bartaraf etishda o‘t o‘chirish vositasidan foydalanish bo‘yicha amaliy ravishda ko‘rsatib berildi. Tadbirda mutaxassislar tomonidan favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni evakuatsiya qilish jarayonlari talabalar ko‘z o‘ngida amalga oshirildi.
Oshxonalar institut xar uchala binosida joylashgan bo`lib xozirda bir vaqtni o`zida 600 nafar talabaga xizmat ko`rsata oladi. Oshxona taomnomasida 15 turdan ortiq Milliy va boshqa taomlar mavjud.