Oliy ta’limdan keyingi ta’lim imtihonlari shaffof o’tkazilmoqda.
Andijon mashinasozlik instituti rektorining doktorantura(DSc), tayanch doktorantura(PhD), maqsadli doktorantura(PhD) hamda stajyor-tadqiqotchilikka 2025-yil uchun qabul jarayonini o‘tkazish to‘g‘risidagi buryuqlari asosida imtihon jarayonlari 2024-yil 20-noyabrdan boshlandi.
Talabgorlardan imtihon olish maqsadida institut rektori boshchiligidagi qabul komissiya, har bir ixtisoslik bo‘yicha alohida suhbat komissiyalari ish olib borishmoqda.
Imtihon jarayonlarining ochiq va shaffof o’tishini ta’minlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’limi boshlig’i V.Turdiyev bevosita qabul komissiya tarkibiga kiritildi, talabgorlarning taqdimotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri YouTube ijtimoiy tarmoqda namoyish etib borilishi nazoratga olindi.