Andijon mashinasozlik instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan 2024-yil 4-dekabr kuni “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.
Tadbirda Institut rektori U.Turdialiyev, Axborot texnologiyalari bo‘yicha prorektor M.Sherboyev, viloyat oliy ta’lim muassasalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limlari vakillari ishtirok etdilar.
Yig‘ilish institut rektorining kirish so‘zi bilan boshlandi. Bo'lim boshlig'i tomonidan mehmonlar bilan tanishtiruv, institutda bo‘lim tashkil topishi, hozirgi kungacha faoliyatida erishgan yutuqlari bo‘yicha taqdimot o'tkazildi. Talabalar o'rtasida “Eng yaxshi videorolik”, “Eng yaxshi rasm”, “Insholar tanlovi” hamda “Aksilkorrupsiya bilimdoni” bilimlar bellashuvi tanlovlari g‘olib va sovrindorlarining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.